Joriy yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar sayloviga Farg‘ona viloyatida ham puxta hozirlik ko‘rilmoqda.
Viloyat hududi bo‘yicha 1210 ta saylov uchastkalari tuzilgan bo‘lib, barcha uchastka saylov komissiyalari siyosiy jarayonga shay holatga keltirilgan.
Jumladan, Toshlok tumanida ham 52 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Ularning 43 tasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, 2 tasi kasb-hunar maktabida, 2 ta qishloq vrachlik punktlarida, 1 ta musiqa va san’at maktabida, 1 ta madaniyat markazida, 1 ta texnikumda, 2 ta davlat idoralarida joylashgan.
Bugungi kunda Toshloq tumanida 219 ming 585 nafar aholi bo‘lib, ulardan 118 ming 5 nafarini saylovchilar tashkil etadi. Bu yilgi saylovlarda esa 1 ming 896 nafar yoshlar birinchi marotaba ishtirok etadilar.