Farg‘ona viloyati Hududiy saylov komissiyasi kichik majlislar zalida saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

10.09.2024

216

msk_yangiliklari_in

Bugun, 10-sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Hududiy saylov komissiyasi kichik majlislar zalida saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

 

Seminarda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining sudyasi Nodir Sulaymonov hamda Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Husanboy Inomovlar ishtirok etdi.

 

Shuningdek, videokonferensaloqa shaklida joylardan tuman-shahar saylov komissiyalari mas’ullari hamda uchastka saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va kotiblari qatnashdilar.

 

 

Joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini Farg‘ona viloyatida ham yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

 

– Bu yilgi saylovlar oldingi saylovlardan tubdan farq qiladi. Birgina o‘tgan saylovlarda bir shaxsning boshqa shaxs va shaxslar nomidan saylov byulletenlarini bir necha marta to‘ldirish bilan bog‘liq holatlar kuzatilgan. Yuzaga kelgan bunday kamchiliklar saylov tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan qonunchilikka tuzatishlar kiritish zaruriyati mavjud ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi, – dedi seminarni boshqarib borgan viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev.

 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining sudyasi Nodir Sulaymonovning ta’kidlashicha, Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 4-sentyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Mazkur qonun jamiyatimizda har bir inson o‘zi tanlov qilish va uni ro‘yobga chiqarish huquqiga ega ekanligini o‘zida ifoda etgan. Shu orqali har bir fuqaroning teng saylov huquqi va ovoz berish shaffofligi kafolatlari qonunchiligimizda yanada mustahkamlandi.

 

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalariga o‘zgarishlar kiritilib, saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilandi. Qonun har bir fuqaroning teng saylov huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlashga, “oilaviy” ovoz berish hollarining oldini olishga xizmat qiladi.

 

Seminarda mutaxassislar tomonidan shu kabi bir qator yangiliklar bo‘yicha ishtirokchil

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur