Yig‘ilishni viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev boshqarib bordi va Kalendar reja bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar bo‘yicha yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.
Ta’kidlanganidek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2024-yil 16-23-oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Muddatidan oldin ovoz berish kunlari saylov uchastkalarida ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar, dam olish kunlari esa soat 11:00 dan 17:00 ga qadar davom etishi belgilandi. Yig‘ilganlarga muddatidan oldin ovoz berishni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘z saylov huquqlarini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalasi ham muhokama markazida bo‘ldi.