Bugun, 24-oktyabr kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari – Benedikt Uilyams va Mixael Xausmannlar Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasida bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.
Uzoq muddatli xalqaro kuzatuvchilarga viloyatda saylovga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarining yakuni haqida ma’lumot berildi.
Xususan, muloqot davomida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Kalendar rejaga asosan saylovga 4 kun qolganida barcha saylov uchastkalariga saylov byulletenlari yetkazilganligi ham ta’kidlandi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Xalqaro kuzatuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati