Joylardagi uchrashuv va muloqotlarda saylovga ko‘rilayotgan hozirlik hamda mas’ullarning bilim darajasi sinovdan o‘tmoqda

10.09.2024

208

msk_yangiliklari_in

Ma’lumki, Mamlakatimizda joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini yuqori saviyada o‘tkazishga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga 47 kun qoldi. Ayni paytda joylarda uchastka saylov komissiyasi raisi, o‘rinbosari va kotiblari uchun saylov qonunchiligidagi yangiliklarni yetkazish bo‘yicha o‘quvlar bo‘lmoqda.

 

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Rektori Adxam Bekmurodov boshchiligidagi ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan tanishdi.

 

Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari, Qo‘shtepa, Oltiariq, Rishton va Bag‘dod tumanlarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari a’zolari bilan uchrashuvlarda mamlakatimiz ijtimoiy - siyosiy hayotidagi mazkur muhim siyosiy jarayonni yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishib, uchastka saylov komissiyalari a’zolari bilan muloqot qilindi.

 

Akademiya rahbariyatining komissiya a’zolari bilan savol - javoblari mobaynida yana ko‘plab bilim va tavsiyalar berildi.

 

 

Saylov o‘tadigan binolar, hudud aholisiga mos ravishda tayyorlab qo‘yilgan bo‘lib, saylovchilarga belgilangan nizomga muvofiq barcha qulayliklar yaratilgan.

 

Mazkur hududlardagi uchastka saylov komissiyalari a’zolarining saylovgacha hamda saylov kunida bajarishi lozim bo‘lgan vazifalari yana bir bor takrorlab o‘tildi.

 

Shuningdek, kuni-kecha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalariga o‘zgarishlar kiritilib, saylov (ovoz berish) byulletenlarini berish tartibini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangani va bu orqali har bir fuqaroning teng saylov huquqi va ovoz berish shaffofligi kafolatlari qonunchiligimizda yanada mustahkamlangani haqidagi yangiliklar ham yetkazildi.

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur