Uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotiblarining malakasi oshirilmoqda

05.09.2024

191

msk_yangiliklari_in

Bugun erta tongdan Farg‘ona viloyatining barcha tuman-shaharlarida uchastka saylov komissiyalarining raislari, rais o‘rinbosarlari hamda kotiblari uchun seminar treninglar boshllandi.

 

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, uchastka raisi, rais o‘rinbosari va kotiblarining saylov tizimidagi yangiliklardan xabardor etish hamda saylov jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish uchun bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iboratdir.

 

Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida tashkillangan o‘quv jarayonlarida Farg‘ona viloyati Hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev ham ishtirok etib, 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan siyosiy jarayonlarda uchastka saylov komissiyalarining o‘rni va vazifasi katta ekanligini, mas’uliyatli vazifani sidqidildan bajarishda tashkillangan o‘quvlar asqotishini ta’kidladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur