Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi.

06.08.2024

795

msk_yangiliklari_in

Komissiya raisi E.Nuraliyev boshqargan yig‘ilishda tuman va shahar saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

Saylov kodeksining 19-moddasiga ko‘ra, tuman, shahar saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

 

 

Hududiy saylov komissiyasi saylovga kamida yetmish besh kun qolganida tuman, shahar saylov komissiyalarini komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va komissiyaning sakkiz – o‘n sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuzadi.

 

15 ta tuman va 4 ta shahar Kengashi tomonidan tuman va shahar saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar tarkibi shakllantirilib, tasdiqlash uchun viloyat hududiy saylov komissiyasiga taqdim etilgan.

 

 

Komissiya nomzodlarni ko‘rib chiqib, ularni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

– Tuman, shahar saylov komissiyalari tarkibiga 393 nafar shaxs kiritilgan bo‘lib, ularning 155 nafari, ya’ni 39 foizi xotin-qizlardan iborat, – deydi Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi E.Nuraliyev. – Shuningdek, komissiyalar tarkibida oliy ma’lumotlilar – 353 nafar, o‘rta-maxsus ma’lumotlilar – 40 nafar. Mutaxassisligi bo‘yicha 169 nafari pedagog, 51 nafari iqtisodchi, 23 nafari huquqshunos, yana 29 nafari tibbiyot xodimi, 33 nafari muhandis, 9 nafari jurnalist va 79 nafari boshqa soha vakillaridir. Komissiya a’zolarining21 nafarini 21-30 yoshlilar, 164 nafarini 31-40 yoshlilar, 108 nafarini 41-50 yoshlilar, 70 nafarini 51-60 yoshlilar, 30 nafari 60 yoshdan kattalarni tashkil etadi.

 

Tuman, shahar saylov komissiyalari tarkibi, manzili va komissiyaning telefon raqamlari rasmiy veb-sayt va matbuot nashrlarida e’lon qilinadi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur