Farg‘ona viloyati Hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

20.08.2024

522

msk_yangiliklari_in

Bugun, 19-avgust kuni Farg‘ona viloyati Hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda “Saylov uchastkalarini tuzish, ularning tartib raqamini, chegaralarini va manzilini ko‘rsatgan holda e’lon qilish” masalasi ko‘rib chiqildi.

 

 

Yig‘ilishni hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev boshqarib bordi.

 

Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

 

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 10-moddasida saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi hamda kodeksning 20-moddasida Hududiy saylov komissiyasiga  saylov uchastkalarini tuzash, okrug bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilash, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qilish, saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni xabardor qilish vakolati yuklatilgan.

 

Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan hududiy saylov komissiyalari tomonidan besh yil muddatga, saylovga kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda  Hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. 

 

 

Shu bois,  joriy yilning 16-17-avgust kunlari tuman, shahar hokimliklari tomonidan Saylov uchastkalarini tuzish, ularning tartib raqamini, chegaralarini va manzilini ko‘rsatgan holda e’lon qilish to‘g‘risidagi taqdimnomalar “E-saylov” axborot tizimi orqali kelib tushdi.

 

Hududiy saylov komissiyasida murojaatlar ro‘yxatga olindi va O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari  saylov bo‘yicha saylov uchastkalariga  oid hujjatlar o‘rganib chiqildi. 

   

Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar va Saylov uchastkalarini tuzish, ularning tartib raqamini, chegaralarini va manzilini ko‘rsatgan holda e’lon qilishga monelik qiladigan holatlar aniqlanmadi.

 

 

Shunga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi MSKning  joriy yil 5-iyundagi 1338-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tuman, shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan Farg‘ona viloyati Hududiy saylov komissiyasi tomonidan 1210 ta saylov uchastkalarini tuzish, ularning tartib raqamini, chegaralarini va manzilini ko‘rsatgan holda e’lon qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

 

Eslatib o‘tamiz, Saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari uchun yagona hisoblanadi.

 

Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasi

 Matbuot markazi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur