Bugun, 3-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

03.10.2024

110

msk_yangiliklari_in

Komissiya raisi Erkinjon Nuraliyev boshqarib borgan yig‘ilishda viloyatdagi siyosiy partiyalarning rahbarlari va vakolatli vakillari ishtirok etdi.

 

 

Unda joriy yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon – Parlament va mahalliy Kengashlar saylovlariga tayyorgarlik ishlari, siyosiy partiyalarning targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada jonlantirish, Farg‘ona televideniyesi hamda “Yangi Farg‘ona” gazetalarida siyosiy partiyalar targ‘ibotlari uchun ajratilgan bepul efir vaqti va gazeta maydonidan unumli foydalanish lozimligi ta’kidlandi.

 

     

 

Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasi Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur