Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari bo‘yicha saylovni tashkil etish masalalari muhokama qilindi

14.07.2026

222

msk_yangiliklari_in

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat, tuman, shahar Kengashlarining joriy yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida Hududiy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari A.Mirzayev ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1468-sonli qarori ijrosi yuzasidan saylov tayinlangan okruglar bo‘yicha saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar smetasini mahalliy Kengashlarda muhokama qilib, sessiya qarori bilan tasdiqlash hamda saylov o‘tkaziladigan 11 ta saylov uchastkalari bo‘yicha Uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni Hududiy saylov komissiyasiga tavsiya etish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish tartibi va kunlari kelishib olindi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur