Uchastka saylov komissiyasi tarkibi tasdiqlandi

14.09.2024

171

msk_yangiliklari_in

Ma’lumki, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Kalendar rejasi hamda Saylov kodeksining 23-moddasida Uchastka saylov komissiyasi tegishli hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuzilishi belgilab berilgan.

 

Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

 

Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev boshqargan yig‘ilishda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilib, tasdiqlash uchun hududiy saylov komissiyasiga “E-saylov” axborot tizimi orqali tavsiya etilgani ma’lum qilindi.

 

Ma’lum qilinishicha, viloyat bo‘yicha mavjud 1210 ta uchastka saylov komissiyasiga 13 ming 73 kishi jalb etilmoqda. Ularning 7655 nafari, ya’ni 59 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

 

Majlisda uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi va bu haqdagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi belgilandi.

 

 

 

 

Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur