Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev Farg‘ona viloyatidagi saylovga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi
Jarayonlar Marg‘ilon shahridagi raqamli texnologiyalar markazida uchastka saylov komissiyalari raisi, o‘rinbosari va kotiblari malakasini oshirish uchun tashkil etilgan o‘quv seminarini ko‘zdan kechirishdan boshlandi.
Tinglovchilar bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida mazkur o‘quv mashg‘ulotlari saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni yuqori saviyada tashkil etish, shu bilan bir qatorda saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar mohiyatini anglab yetish va mavjud talablarni to‘laqonli bajarishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etib o‘tildi.
Ta’kidlash o‘rinli, seminarlar amaliy jarayonlarni ham o‘zida qamrab oladi. Marg‘ilon shahridagi 241-saylov uchastkasidagi amaliy mashg‘ulot ishtirokchilari bilan ham suhbatlar olib borildi.
Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasi Matbuot xizmati