Farg‘ona viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Farg‘onada MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev "Saylov huquqingizni bilasizmi?" viktorinasi g‘oliblariga esdalik sovg‘alarini topshirdi

16.09.2024

31

msk_yangiliklari_in

Farg‘ona viloyati Hududiy saylov komissiyasi tomonidan Farg‘ona davlat universtiteti talabalari o‘rtasida "Saylov huquqingizni bilasizmi?" viktorinasi o‘tkazilgan edi.

 

MSK raisi Farg‘onaga tashrifi davomida Farg‘ona Davlat universitetida bo‘lib, Farg‘ona shahridagi MFY raislari, mahalla faollari, nuroniylar, professor-o‘qituvchilar hamda ilk saylovchi yoshlar bilan uchrashdi.

 

 

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev yoshlar va aholi vakillariga saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Uchrashuv yakunida MSK raisi viktorina g‘oliblarini tabriklab, qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

 

 

 

 

 

Farg‘ona viloyati hududiy saylov komissiyasi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur